paxsa
bilan ulashing
1. Pishitilgan loydan ustma-ust bosib qurilgan devor va uning har bir qavati, qatori.
-
Bir paxsa devor. Paxsa qoʻymoq (urmoq).
-
Uch kundan keyin eshigimizga qora otliq keldi. Paxsadan boʻynini choʻzib qichqirdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
2. Paxsadan iborat, paxsadan qilingan, qurilgan.
-
Unda-bunda qurilgan paxsa uylar-da goʻyo hayot yoʻqday. Saodat
-
Paxsa devorlar nurab, qator tuyalarning oʻrkachlaridek baland-past boʻlib qolgan. H. Gʻulom, Mashʼal
3. koʻchma Karra, daraja.
-
Ganjaning kayfiyati yana bir paxsa koʻtarildi. E. Samandar, Daryosini yoʻqotgan qirgʻoq
paxsa soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qoʻlini paxsa qilmoq
-
Oqsoqol odamlarni klubga toʻplab, vaʼzxonlik qildi. Qiziq, chol qoʻlini paxsa qilib, shunaqangi gaplar aytdiki, hammasi qulogʻimga mixlanib qoldi. Oʻ. Hoshimov, Ikki eshik orasi
-
Bolta muallim tezgina uning oldiga oʻtib, qoʻllarini paxsa qilib, allanimalarni tushuntira ketdi. N. Norqobilov, Toʻqnashuv
PAXSA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАХСА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
paxsa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar