paxta
bilan ulashing
1. Gʻoʻza oʻsimligining chigit va tolalardan iborat oppoq yumshoq hosili.
-
Uzun tolali paxta. Chigitli paxta. Chigitsiz paxta. Paxta terish. Eski paxta boʻz boʻlmas, asli dushman doʻst boʻlmas. Maqol
-
U kechqurun tergan paxtasini tabelchiga oʻtkazib, yuvinib-taranib qishloqqa joʻnadi. I. Rahim, Chin muhabbat
2. Chigitdan ajratilgan shu mahsulot; momiq.
-
Paxtadan ip yigirmoq.
-
Vaziraning egnida shaftoli guliga monand, koʻksi ochiq, yelkasiga paxta qoʻyib tikilgan shoyi koʻylak. S. Ahmad, Ufq
-
Respublika paxta tolasi ishlab chiqarish boʻyicha dunyoda toʻrtinchi oʻrinda turadi. Gazetadan
3. s.t. ayn. Gʻoʻza.
-
Uzoq-uzoqda hali kun koʻtarilmaganiga qaramay qoʻllariga ketmon ushlagan yigitlar paxta sugʻorib yuribdilar. A. Qodiriy, Obid ketmon
4. sifatdosh Guli, tasviri (ochilgan) paxtaga oʻxshash.
-
Qurbonov choʻntagidan yon daftarcha chiqardi: — Bu kishiga oʻttizta choynak, yuzta paxta gulli piyola taqsimchasi bilan. N. Aminov, Qahqaha
-
Paxta gulli choynakni oldiga tortdi. T. Ashurov, Oq ot
paxta soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ipak paxta
-
Tilda doston Fargʻona — Ipak paxta diyori. Yo. Mirzo
Paxta tozalash
-
U shaharga kirgandan keyin paxta tozalash zavodi yonidagi bekatda tushdi. T. Ashurov, Oq ot
Koʻzining paxtasi chiqmoq
-
Ortiq talvasada, qoʻllari bilan boshini toʻsib, koʻzining paxtasi chiqib, tisarildi. M. Mansurov, Yombi
Paxta olma
-
Paxta olma pishdi, shotut qizardi. Uchinchi chopiqni boshladik kecha. Gʻ, Gʻulom
PAXTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАХТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan PAXTA so‘ziga berilgan ma’nolar
paxta so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Keyingi 10 ta so‘z
paxta so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar