pax
bilan ulashing
1. sifatdosh Tartibsiz oʻsib ketgan, oʻsiq, hurpaygan.
-
Paxmoq soch.
-
Choʻpon ota paxmoq soqollarini silab, bagʻrini oftobga toblab, togʻ bagʻriga yonboshladi. Oydin, Shiringa maktub
-
Paxmoq soqol oʻtirgan yerida salomga alik oldi. T. Malik, Shaytanat
2. Shox-shabbasi tartibsiz oʻsib tarvaqaylagan sada shaklidagi.
-
Sidiqjon katta yoʻldan ancha chetda, kattakon paxmoq bir daraxt ostida miltillab turgan chiroqqa tomon burildi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
3. Yungi yoki soch-soqoli oʻsiq, baroq.
-
Junlari oʻsiq paxmoq qoʻylar boʻyinlarini choʻzgancha suv toʻlatilgan oxurlarga intiladi. S. Anorboyev, Harakatda barakat
-
Tuproqqa qorishib yotgan katta, paxmoq kuchuk zanjirini shaldiratib, oʻrnidan turdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Bir tomoni tukli, mayin va qalin ip gazlama; bumazey.
-
Paxmoq koʻylak.
PAX so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАХ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
pax so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar