patron
bilan ulashing
1. harb. Gilzaga bir butun qilib joylangan (otilib chiqadigan) oʻq, porox zaryadi va piston (kapsul).
-
Miltiq patroni. Pistolet patroni. Oʻnta patron joylanadigan magazinli avtomat,
-
Qorovullar qoʻllaridagi miltiqlarni yana bir karra koʻzdan kechirib, ehtiyot patronlarni hozirladilar. S. Ayniy, Qullar
-
Natija yomon boʻlmadi: bular yordamida uchta pulemyot, oʻttizdan ortiq patron oʻlja olindi. N. Safarov, Olovli izlar
2. tex. Tokarlik yoki parmalash stanoklarida stanokning aylanuvchi qismiga oʻrnatiladigan, ishlov beriladigan detalni yoki kesuvchi asbobni siqib tutib turadigan moslama.
-
Parmani patronga oʻrnashtirmoq.
3. Elektr lampochkasi burab kiritiladigan va uni elektr tarmogʻiga ulaydigan moslama.
-
Kuygan patronni almashtirmoq.
PATRON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАТРОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
patron so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar