pishi
bilan ulashing
1. Ishlov bilan yoki rivojlanib yetilmoq, meʼyoriga, ob-u tobiga yetmoq, foydalansa boʻladigan holga kelmoq.
-
Loy yaxshi pishidi. Ip hali pishimabdi.
-
[Rais:] Qalay? Yerlar koʻngildagidek pishidimi? Oydin, Yuragida oʻti bor
-
Endi toʻxta, ukajon. Boʻldi-ye, kuvidagi qatiqday pishiyverib, yogʻimni chiqarib yubording. S. Siyoyev, Otliq ayol
2. koʻchma Koʻpni koʻrib, boshdan kechirib, boy tajriba orttirib voyaga yetmoq, yetuklik darajasiga erishmoq, yetishmoq.
-
Shaxdam qadam bosib minbarga chiqishidan, gap ohangidan bunaqa davraga koʻp tushib, xiyla pishigan, sertajriba koʻrinadi. H. Nazir, Mayoqsari
3. Chiniqmoq, toblanmoq.
-
Kishi mehnatda pishiydi. Yoshsan pishirsan, bu damingdan tushirsan. Maqol
-
Ergash Bahromov nemis-fashist bosqinchilariga qarshi olib borilgan janglarda pishidi, chiniqdi, toblandi. N. Safarov, Olovli izlar
pishi soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻzi pish(i)moq
Qulogʻi pishimoq
-
Xoʻjayinlarining taʼnalarini eshitaverib, yetimning qulogʻi pishigan, eti koʻnikkan edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Fotimaning qulogʻi oʻzi koʻrmagan xaridorlari toʻgʻrisidagi gaplar bilan pishiy bordi. P. Tursun, Oʻqituvchi
kam qoʻll. Pishilmoq, ivimoq.
-
Yomgʻirda qolib rosa pishidim.
PISHI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПИШИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
pishi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar