plastik
bilan ulashing
1. Plastikaga, oʻymakorlikka, haykaltaroshlikka oid.
-
Plastik sanʼat.
2. Tananing nafosatli, mayin ritmik harakatlariga asoslangan; goʻzal, muloyim.
-
Plastik harakat. Plastik pantomimalar.
-
Teranlik ham, yuksaklik ham qalbda tugʻiladi. Ana shu qalb manzaralarini, holatlarini plastik harakatlar orqali ifodalash mumkin. Saodat
3. Bosim, tashqi kuch taʼsirida muayyan shaklga kira oladigan va bosim toʻxtagach, shu shaklini saqlab qoladigan.
-
Plastik massa. Plastik modda.
plastik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Plastik kartochka
-
Ular plastik kartochkalar boʻyicha xalqaro toʻlov tizimiga chiqish imkoniyatlarini muhokama qilib, assotsiatsiyaga aʼzo boʻlish shartlari bilan tanishishdi. Gazetadan
-
Naqd pulsiz plastik kartochkalar vositasida hisob-kitobga oʻtish yoʻlida olib borilayotgan ishlar shu jihatdan diqqatga loyiqdir. Gazetadan
-
Plastik kartochkadan mamlakatimizning istalgan hududida toʻlov vositasi sifatida foydalanish mumkin. Gazetadan
Plastik operatsiya
PLASTIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПЛАСТИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
plastik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar