programma
bilan ulashing
1.
-
Qishloq mehnatkashlari mamlakat oziq-ovqat programmasiga ulkan hissa qoʻshmoqdalar. Gazetadan
2. Hukumat, siyosiy partiya, jamoat tashkiloti yoki ayrim davlat, jamoat arbobi tomonidan moʻljallangan asosiy vazifa va maqsadlar bayon qilingan hujjat.
-
Hamkorlik programmasi imzolandi. Gazetadan
3. Majlis, yigʻilish, konferensiya kabilarning kun tartibi; ularda koʻriladigan masalalar roʻyxati.
4. Teatr, konsert, sirk tomoshalari boʻlimlarining, radioeshittirish va telekoʻrsatuvlarning mundarijasi, roʻyxati, shuningdek, ijro etiladigan rollar, nomerlar, chiqishlar va ijrochilarni oʻzida aks ettirgan bosma varaqa yoki kitobcha.
-
Bu payt Yefim Danilovich bilan Abdusamat konsert programmasi haqida gaplashishardi. A. Muxtor, Opa-singillar
5. Muayyan oʻquv fani boʻyicha olib boriladigan taʼlim (oʻqish-oʻqitish ishlari)ning qisqacha izchil bayoni; oʻquvchi oʻzlashtirishi shart boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalar majmui.
-
Oliy oʻquv yurtlarida ilmiy-tadqiqot ishlari bilan oʻquv programmasini jipslashtirish maqsadga muvofiq. Fan va turmush
-
Darslik, programma tuzuvchi olim va pedagoglarimiz hozirgi maktab oʻquvchilarining bir yoʻla uch tilda oʻqishlarini hisobga olsalar, yomon boʻlmasdi. Yoshlik
-
Un uch yoshida maktab programmasini bitirib, yosh boʻlsa ham, Anvar xalfalik, yaʼni domlaga koʻmakchilik qila boshladi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
6. Biror oʻquv fani yoki kursning belgilangan hajmi bayon qilingan varaqa yoki kitobcha.
-
Matematikadan programma.
7. Hisoblash texnikasida: masalani yechish algoritmining programmalash tilidagi tavsifi, bayoni.
PROGRAMMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПРОГРАММА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan PROGRAMMA so‘ziga berilgan ma’nolar
programma so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
programma so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar