qashla
bilan ulashing
1. aynan Qashimoq.
-
Hamroqul bekka qarab va qoʻlini toʻni ichiga olib, qornini qirtillatib qashlay boshladi. M. Joʻraboyev, M. B. martabasi.
-
Ziyoxonov Toʻlaganga qarab, taqir boshini qashladi. A. Muxtor, Chinor
2. Qashlagʻich bilan tozalamoq.
-
Qashlagʻich oldim-da, qora qashqani u yoq-bu yogʻini qashlab chiqdim. A. Qodiriy, Uloqda
3. koʻchma kam qoʻll. Aldab-suldab, silab-siypab, biror ishga koʻndirmoq.
-
[Mastura:] Axir siz qiziqsiz! Besh kun sabr qiling, kuyov-puyovga chiqsin, bir oy-yarim oy oʻtsin, undan keyin asta-asta qashlab, ishga solaylik-da. Hamza, Paranji sirlari
-
Men senga yomonlikni koʻzlasam, orqangni qashlab gapirar edim. I. Rahim, Ixlos
4. koʻchma Shilib, yulib-yulqib olmoq.
-
Yaxshi bilan oʻrtoq boʻlsang, yaxshi yoʻlga boshlaydi, Yomon bilan oʻrtoq boʻlsang, bor-yoʻgʻingni qashlaydi. Maqol
QASHLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАШЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qashla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar