qashi
bilan ulashing
Biror joyning qichishini yengillashtirish yoki bosish uchun narsa yoki tirnoq va shu kabilar bilan tirnamoq, qichimoq.
-
U [Qudrat] koʻzini qisib, ruchkaning dumi bilan peshonasini qashib, uzoq oʻyladi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Baqqol xaridor kutib, oppoq soqolini qashib oʻtiradi, koʻzlari oʻtgan-ketganda. Sharq yulduzi
-
— Qiyin Ogʻayni, qiyin, — dedi iyagini qashib oshpaz soldat. Z. Fatxullin, Soʻnmas yulduz
-
Ular [chumchuqlar] bir-birlarini quvishib oʻynashar patlarini, qanot taglarini qashib-qashib qoʻyar edilar. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
qashi soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bosh qashishga (yoki qashigani) vaqt yoʻq
-
Martenchilarning bosh qashigani vaqtlari yoʻq: ular koʻpdan kutilgan mashinalarni montaj qilishlari, ularni tezdan ishga solishlari kerak N. Safarov, Saodatning qissasi
-
Mayli, ekkanlar ekib, tikkanlar tikaversin, boshimizni qashishga qoʻl tegmaydi-yu Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
Boshini qashimoq
-
Mashrab xijolat chekib, boshini qashidi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
-
Gap shu yerga kelganda, Berdi Aminovichning nafaslari ichlariga tushib, koʻrsatkich barmoqlari bilan boshlarini qashib qoldilar. Mushtum
-
Boshin qashib bir nafas, Botdi ogʻir xayolga. Gʻayratiy
QASHI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАШИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan QASHI so‘ziga berilgan ma’nolar
qashi so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
qashi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar