qir
bilan ulashing
1. Narsaning beti(sirti)ni pichoq, kapgir va shu kabilar narsa bilan sidirmoq, tarashlamoq.
-
Oʻzing ham qirib qoʻygan sabziday boʻlibsan. E. Raimov, Ajab qishloq
-
kapgir bilan qozonni qirar ekan, jerkib: — Hadeb yigʻi toʻgʻrisida gapirmang, — dedi. A. Qahhor, Asror bobo
-
shundoqqina koʻrinadigan joyiga kimdir mix bilan qirib, Erkin, deb yozib qoʻyibdi. S. Ahmad, Saylanma
-
Sigiringizning qanshariga temiratki chiqibdi, namakob surkadim, nos surkadim — boʻlmadi, pichoq bilan qirib, kerosin surkash kerakmish. A. Qahhor, Yangi yer
2. Moʻy-tuklarni oʻtkir asbob bilan tarashlab, tagidan kesib olmoq; shu usulda tozalamoq.
-
Soch(ni) qirmoq.
-
Mahkam aka Sarsenboyning sochini ustarada qira boshladi. R. Fayziy, Sen yetim emassan
3. Qirgʻich, qoshiq va shu kabilar asboblar bilan sidirib maydalamoq.
-
Turp qirmoq.
-
Yoshlar kabob chaynashyapti, men boʻlsa, qovunni qirgʻichda qirib yedim. I. Rahim, Ixlos
4. Koʻplab yoki yoppasiga oʻldirmoq, qirgʻin qilmoq.
-
Dushmanni qirmoq. Zararkunandalarni qirib tashlamoq.
-
Bu qon kom desang, yana toʻkaman. Hammasini qiraman. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Baliqchi qushlar kemiruvchilarni koʻproq qiradi. Fan va turmush
5. so‘zlashuv tili Koʻplab, koʻp miqdorda yigʻmoq, toʻplamoq, qoʻlga kiritmoq, oʻlja qilmoq.
-
Bolalar olchani rosa qiribdi.
-
Gaplariga qaraganda, u bir necha maktabda hisobdan dars berar va pulni kirar edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
qir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tomogini (yoki halqumini) qirmoq
-
U tomogʻini qirib, gap boshladi.
-
Saidgʻozi oʻtirganlarning diqqatini tortish uchun tomoq qirib yoʻtaldi. S. Anorboyev, Oqsoy
QIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar