qizg‘in
bilan ulashing
1. Qizib turgan, qizigan; haroratli, issiq; qaynoq.
-
Saratonning qizgʻin quyoshi.
-
Qizgʻin qum ostidan yangigina keltirilgan toʻrt dona koʻmach ishtahalarni oʻziga tortar edi. S. Ayniy, Qullar
-
Sobir yuzini uning oʻtday qizgʻin yuziga sal tegizib, shivirladi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
2. Joʻsh oʻrgan, joʻshga kelgan; avjiga chiqqan; jonli, joʻshqin.
-
Qizgʻin ish. Qizgʻin kurash. Qizgʻin suhbat. Qizgʻin munozara. Gʻoʻza parvarishining qizgʻin pallasi. Oʻrim-yigʻim qizgʻin davom etmoqda.
-
Hozir paxta uchun kurash yanada qizgʻin tus oldi. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
3. Chinakamiga va kuchli tarzda, chin dildan.
-
Qizgʻin salom. Qizgʻin tabriklar.
-
Biz keksalarning orzu-istaklarini qizgʻin quvvatlaymiz. N. Safarov, Olovli izlar
-
Er-xotin bir-birlarini hech qachon oʻsha kundagiday qizgʻin suymagan boʻlsalar kerak. E. Aʼzamov, Javob
QIZG‘IN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИЗҒИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qizg‘in so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar