qizg‘an
bilan ulashing
1. Biror narsani sarflashga yoki birovga berishga ogʻrinmoq, esiz deb bilmoq, hayf koʻrmoq, ayamoq.
-
Ayron soʻrab kelgandan chelagingni ham qizgʻanma. Maqol
-
Eshonni qandaydir pul qiziqtirayotganini, qori esa sir boy bermagani holda, oʻsha pulni qizgʻanayotganini Elmurod sezib turardi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Achinmoq, raxmi kelmoq.
-
Qizgʻan, ona, oʻksizni, Oʻsha qutqazdi bizni. H. Olimjon
-
Yigit koʻzlaridagi alam va firoqni koʻrgan Iskandaro uni qattiq qizgʻandi. Oybek, Nur qidirib
3. Bekor ketmaslik harakatini qilmoq, hayf boʻlmaslikni oʻylamoq.
-
Bugun hech qayerga bormadim — ishimni qizgʻandim.
-
Muhiddin biron joyga kirib, tamaddi qilib olishni oʻylasa, poyezdga kech qolayotgan kishi singari vaqtni qizgʻanardi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
4. so‘zlashuv tili Rashk qilmoq.
-
-Abduvahobning turqini xudo koʻtarsin, undan xotin qizgʻanadigan oʻrni yoʻq. Uni nomahram deb boʻlmaydi, odam emas — qul, — deyishardi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
-
Umar Gulsunni Elmuroddan qizgʻanib, ichi oʻrtanib kelgan edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
5. Oʻziga tegishli narsaga (masalan, bolasiga) teginish, daxl etishga yoʻl qoʻymaslik holatida boʻlmoq, shunday xususiyat (odat)ga eta boʻlmoq (asosan, jonivorlar haqida).
-
Sovliq bolasini qizgʻanib, ularga yovqarash qilardi. S. Ahmad, Yulduz
QIZG‘AN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИЗҒАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qizg‘an so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar