qizish
bilan ulashing
1. Qizimoq feʼlining birgalik nisbati.
2. Harorati bir oz koʻtarilmoq; qizimoq.
-
Alimjonning yuragi tez-tez urib, badani qizishdi. K. Rahim, Shonli avlod
-
Mehmonlarga shoʻrva bilan aroq tortildi. Yigitlar qizishib olishgach, kelin xonadoniga yoʻl olindi. Yu. Rajabiy, Toʻylar haqida oʻylar
3. Juda qiziqib, astoydil berilmoq.
-
Davradagilar qizishib ketib, bir-birlariga gap maʼqullashar ikki gapirib, bir kulishar edi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Ket-monni bir meʼyorda chopadi kishi. Undan keyin, charchaguningcha chopma, ayni qizishgan vaqtingda dam ol! A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
4. Qiziqqonlikka berilmoq; tutaqmoq.
-
Aʼzamjon oʻjar, sal gapdan qizishib ketadiganlardan edi. S. Ahmad, Ufq
-
Qachon, nima masalada gap ketmasin, Burhonov rais bilan qizishib oʻtirmaydi, yotigʻi bilan tushuntiradi. M. Hazratqulov, Jurʼat
-
— Oʻzi nima gap? — chol yana qizishib ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar
QIZISH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИЗИШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
QIZISH so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan QIZISH so‘ziga berilgan ma’nolar
qizish so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
qizish so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing