qo‘rg‘on
bilan ulashing
1. Oʻrta asrlarda qalin va baland mudofaa devori bilan oʻrab qurilgan, asosan, bir darvozali shahar-qalʼa.
-
Yov qoʻrgʻonini qamal qilib, uning qulochkash baland devorlari yoniga chodir tashlagan qoʻshin kabi odamlar togʻ etagiga toʻlib ketdilar. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Gʻijduvon qoʻrgʻonining sharqi-shimol va gʻarb tomonlaridan chiqayotgan gʻulgʻulali tovush havoni titratmoqda edi. S. Ayniy, Qullar
2. Qalʼa, shahar, qoʻrgʻon va shu kabilarni mudofaa qilish uchun qurilgan mustahkam devor.
-
U baland qoʻrgʻon bilan oʻralgan boʻlib, ichkariga toʻrtta temir darvozadan kirilar edi. M. Osim, Ibn Sino qissasi
-
Azizbek tashakkurni bitirgach, hudaychi qoʻrgʻon ustidagi mudofelarga bor tovushini qoʻyib qichqirdi: — Bek janoblari bu kungi rustamona gʻayratlaringizga duo qiladilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Oʻchoq boshida qumgʻon, Atrofim baland qoʻrgʻon. Koʻngil bergan yorimni Koʻrolmasdan bagʻrim qon. S. Abdulla
3. Dala joyda va umuman shahardan tashqarida atrofi devor bilan oʻralgan hovli-joy va uning ichidagi binolar (atrofi, odatda, bogʻ, ekinzorlardan iborat boʻlgan).
-
Arslonbekning qoʻrgʻonini bu yoʻlga tushib olgan koʻr ham topadi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Sherbek qishloqning eng chetidagi qoʻrgʻonni ham bosib oʻtdi. S. Anorboyev, Oqsoy
QO‘RG‘ON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚЎРҒОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qo‘rg‘on so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar