qo‘rslik
bilan ulashing
1. Qoʻrs ekanlik.
-
Gapining qoʻrsligi, muomalasining sovuqligi uchun qishloqilar uni Soli sovuq deb atardilar. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Qorovulning qoʻrsligidan ensasi qotib, qabulxona tomon yoʻl olarkan, yana gʻijinib qoʻydi. N. Aminov, Yolgʻonchi farishtalar
2. Qoʻrs, sovuq muomala, qoʻpollik, toʻnglik.
-
Dadajon Rasul akaga qoʻrslik qilib qoʻygani uchun zoʻr berib oʻzini koyir, ishning nima bilan tugashiga aqli yetmas edi. A. Muhiddin, Mirishkor
3. sheva Dimogʻdorlik, kekkayish.
-
Bu gap Asqar otaga umrida bir marta ot minib, oʻzini zoʻr chavandoz hisoblagan yosh bolaning qoʻrsligiday tuyuldi. A. Qahhor, Xotinlar
QO‘RSLIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚЎРСЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qo‘rslik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar