qo‘shimcha
bilan ulashing
1. sifatdosh Bor, mavjud, rejadagi narsa, hodisa va shu kabilarning ustiga qoʻshiluvchi yoki ularni toʻldiruvchi.
-
Qoʻshimcha mahsulot. Qoʻshimcha dars.
-
Turgʻun sizga qoʻshimcha hujjat bermoqchi. N. Safarov, Hayot maktabi
-
U domlaning nojoʻya harakatlari toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumotlar berdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. ot Muhokamaga qoʻyilgan qaror, rezolyutsiya va shu kabilarga kiritish uchun taklif etilgan yangi fikr, mulohaza va shu kabilar
-
Qaror qoʻshimchalari bilan bir ogʻizdan qabul qilindi.
3. ot Tlsh. Soʻzga qoʻshilib, yangi soʻz yoki soʻz shaklini yasash uchun xizmat qiladigan morfema.
4. ot Asosiy narsaga qoʻshilgan, aralashgan har qanday boshqa narsa, aralashma.
-
Hech qanday qoʻshimchasi yoʻq, toza asal.
5. ot S.t. Ilova.
qo‘shimcha soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qoʻshimcha qilmoq
-
Husayn Ogʻa oʻgʻli qoʻshimcha qildi: — Baxtimizga sizlarni uchratib qoldik. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Qurbonalining gapiga u bilan kelgan sheriklaridan biri qoʻshimcha qildi. M. Xayrullayev, Tilla marjon
QO‘SHIMCHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚЎШИМЧА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan QO‘SHIMCHA so‘ziga berilgan ma’nolar
qo‘shimcha so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
qo‘shimcha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing