sadr
bilan ulashing
tarixiy Vaqf va din ishlari bilan shugʻullanuvchi amaldor.
-
Bu sheʼrni eshitgan qozi-yu sadrlar, muhtasiblarning sochi tikka boʻlib ketdi. P. Qodirov, Avlodlar dovoni
-
U [Navoiy] sadrlardan bir nechasini yigʻib, vaqf ishlarining ahvoli haqida maʼlumot oldi. Oybek, Navoiy
1. Qalandarlar zikrida eng jazavali holat.
-
Hammasi tushib sadrga, Tepib yotar bir-birga. Shirin bilan Shakar
-
Quloq soling aytgan durga, Haq deb tushinglar sadrga. Shirin bilan Shakar
-
Birining qoʻlida tayoq, boshqasida panshaxa, sadrga tushayotgandek chayqalishib, qichqirib kelishyapti. X. Toʻxtaboyev, Yillar va yoʻllar
2. etn. Odatda, yigit, kelinchak, boʻyga yetgan qiz yoki eng yaqin kishi vafot etganda, uning qirqigacha ayollar ishtirokida oʻtkazil(adi)gan motam odati (bunda marhumning yaqinlaridan bir yoki bir necha kishi davraga tushib, old-orqaga yoki ikki tomonga sollanib, yigʻi bilan taʼsirchan iboralar aytib, marhumni eslaganlar, qolganlar maʼlum holatda joʻr boʻlganlar).
-
Vo toʻram, deb yulib opti betini, Toʻram, deb kanizlar sadr tushadi. Oysuluv
-
Hovlida ayollar davra hosil qilib, sadr tushadi. Biri qoʻyib, ikkinchisi aytadi: Qush edim, qanotimdan ayrildim. M. Hazratqulov, Jurʼat
-
Ichkarida ayollar onamiz tevaragida halqa boʻlib sadr tushdi. T. Murod, Ot kishnagan oqshom
SADR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САДР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sadr so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar