saf
bilan ulashing
1. Harbiylarning yoki umuman kishilarning va narsalarning maʼlum tartibda tizilishi, muntazam qatori.
-
Saf tortmoq. Bir safga tizilmoq.
-
Shov-shuv, gʻala-gʻovur birdan bosilib, hamma safga turdi. O. Yoqubov, Izlayman
-
Dushman safi buzilib, har tomon toʻzib ketdi. Nurali
-
Yoʻlning ikki chetida uzun mirzateraklar saf tortgan. N. Aminov, Suvarak
2. koʻchma Biror jarayon, faoliyatning eng qizgʻin oʻrni.
-
Har bir vijdonli odam bu kurashning oldingi safida bormogʻi lozim. Gazetadan
3. koʻchma Biror guruhga mansub kishilarning majmui, qatori.
-
Hozirgi dolzarb kunlar masʼuliyati har bir kishining oʻrni paxtazorda, terimchilar safida boʻlishini taqozo etmoqda. Gazetadan
-
Minglab abituriyentlar talabalar safiga qoʻshilish uchun sinov imtihonlaridan oʻtishyapti. Gazetadan
saf soʻzi qatnashgan jumlalar:
Safga kirmoq
-
Talabalar safiga kirmoq. Ilgʻorlar safiga kirmoq.
Safga oʻtmoq
Safdan chiqmoq
-
Safdan bir qadam olgʻa chiqmoq;
-
Ergashevlar okopi yonida birdaniga uchta granata portladi. Ergashevning jangovar doʻstlari yaralanib, safdan chiqdi. N. Safarov, Qahramonning tugʻilishi
SAF so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САФ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
saf so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar