safar
bilan ulashing
1. Xizmat yoʻli bilan yoki sayohat qilish, uchrashish maqsadida biror yerga borish; yoʻl.
-
Uzoq safar. Bir oylik safar. Safarga chiqmoq. Safarga otlanmoq. Safardan qaytmoq. Doʻst safar-da sinalar. Maqol
-
Sidiqjon ikki kundan keyin safar hozirligini koʻrib, tushga yaqin yoʻlga chiqdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Bir-ikki oylik safardan qaytib kelsam, uyimda anchagina xatlar yigʻilib qolibdi. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
-
Safaring bexatar boʻlsin, savdogar, Eson-omon kelgin Xitoy elidan. Oysuluv
2. Gal, marta; bor.
-
Oʻtgan safar. Bu safar. Har safar.
-
Har safar haqqushning nolasi eshitilsa, Gavhar ayasining pinjiga kirib ketar edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Kimdir boʻgʻilib baqirdi. Bu safar Charos aniq eshitdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
safar soʻzi qatnashgan jumlalar:
Narigi dunyoga safar qilmoq
-
Chekkanim gʻanimat, — dedi Ali tajang. — Hozir borman, bir minutdan keyin narigi dunyoga safar qilarman. Oybek, Tanlangan asarlar
Safar qaridi
1. Qamariya yil hisobida 29 kundan iborat ikkinchi oyning arabcha nomi.
-
[Mulladoʻst oʻziga-oʻzi:] Bilmayman, muchalim toʻngʻiz boʻlib, safar oyining oʻn birida tugʻilibmanmi! Hamza, Maysaraning ishi
-
Voqea safar oyi ikkinchi jumasining yarim kechasi yuz berishi kerak edi. A. Muxtor, Chinor
2. Safar (erkaklar ismi).
safar soʻzi qatnashgan jumlalar:
Safar qochdi
Safar qochdi qilmoq
-
[Mulladoʻst oʻz-oʻziga:] Bu dunyo hamma yogʻidan bizni safar qochdi qilgan, oʻshaning uchun ellik toʻrtga kiribmanki, iqbolim nahs falokatdan sira ajramaydi. Hamza, Maysaraning ishi
SAFAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САФАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
safar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar