sanch
bilan ulashing
1. Uchi oʻtkir narsani kuch bilan bosib yoki zarb bilan urib kirgizmoq; suqmoq, tiqmoq, botirmoq.
-
Xolmat ikkinchi raqibining koʻkragiga qilich sanchdi, biroq oʻzi ham boshidan yaralandi. N. Safarov, Olovli yillar
-
Toʻtiqiz doʻppi xomini tizzasiga qoʻyib, sekin igna sanchdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Mingboshi xuddi orqasiga birov bigiz sanchib olgandek sakrab tushdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. Qadamoq, taqamoq.
-
Anvar yugurib kelib, yorlikni olib oʻpdi va uni sallasiga sanchib, orqasi bilan yurib, ilgarigi oʻrniga borib toʻxtadi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
3. Biror narsa sanchilgandek, oʻqtin-oʻqtin ogʻrimoq.
-
Bu voqeani eshitib, Meʼmorning yuragi sanchib ketdi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Sherzod koʻkragining qattiq sanchganidan uygʻonib ketdi. Oʻ. Hoshimov, Nur borki, soya bor
4. koʻchma Achchiq gap bilan uzib olmoq, chaqmoq.
-
Qozi ham, Asad qori ham jadid maktabiga qarshi edilar. Shuning uchun Asad kori gap bilan nishini yana Gʻulomjonga sanchdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
SANCH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САНЧ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sanch so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar