sayil
bilan ulashing
1. etn. Bahorda oʻtkaziladigan katta xalq sayr-tomoshalari, sayr-tomosha.
-
Ayni bahor kulgan chogʻ edi, Sayil joyi soʻlim bogʻ edi. E. Vohidov
2. Umuman, katta va tantanali sayr-tomoshalar.
-
Xalq sayili. Navroʻz sayili. Lola sayili.
-
Xalq shoirlari dostonlarni turli yigʻinlar, toʻy va sayillarda ijro etganlar. Gazetadan
3. Sayr-tomosha maqsadida aylanib (kezib) yurish; sayohat.
-
Sayil ham sayil, sargardon ham sayil. Maqol
-
[Ziyodilla:] Sarsongarchiligi bormi, shu bahona Tarlon ikkovimiz shaharni sayil qilib kelyapmiz. T. Murod, Ot kishnagan oqshom
sayil soʻzi qatnashgan jumlalar:
Sayil bogʻ
Qovun sayli
-
Muhiddinni bir tanishi qovun sayliga olib ketdi. S. Zunnunova, Hikoyalar
SAYIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САЙИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sayil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar