sayin
bilan ulashing
1. -gan affiksli sifatdoshlar bilan kelib, ish-harakatning tobora kuchaya borishini bildiradi.
-
Sherzod boshqa xonadagi bemorlarning unga hasad bilan qarayotganini sezar, sezgan sayin gʻashi kelar edi. Oʻ. Hoshimov, Nur borki, soya bor
-
Qizining qiynalayotganini koʻrgan sayin Basraning kasali zoʻriqardi. R. Rahmon, Mehr koʻzda
2. Vaqt bildiruvchi soʻzlar bilan kelib, ish-harakatning tadrijiy rivojlanishini yoki takrorlanishini bildiradi.
-
Yil sayin. Soat sayin. Kun sayin.yash
-
Kun sayin ozadi yuragim, Kun sayin vujudim semirar. Sh. Rahmon, Yurak qirralari
sayin soʻzi qatnashgan jumlalar:
Borgan sayin
-
Qorongʻilik quyuqlasha borar, koʻkdagi yulduzlar chamani ham borgan sayin yorqinroq chaqnar, havo badanga sezilarli sovir edi. Oybek, Tanlangan asarlar
Unga sayin
-
Har safar raqib uning toʻriga (setkasiga) toʻp tushirganida, boyagi qiz quvonib qarsak chalar, unga sayin Rustam yaxshiroq oʻynar edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
SAYIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САЙИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sayin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar