g‘aladon
bilan ulashing
1. Omborda gʻalla (don, un) saqlash uchun atrofi oʻralgan joy.
-
Toʻxta oxun oshxona eshigining chap biqinidagi soʻrida, kattakon gʻaladon yonida oʻtirardi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
2. Stol, javon va shu kabilarning narsa solib qoʻyiladigan tortmasi, yashigi.
-
Kitob javonining pastki gʻaladoniga doim eng kerakli hujjatlarini qoʻyardi. D. Nuriy, Osmon ustuni
-
Professor stol gʻaladonidan gazeta olib, ikkala ayolning tumshugʻi tagida silkitdi. J. Abdullaxonov, Oriyat
3. Pul yoki mayda buyumlar saqlash uchun xizmat qiladigan yashik, quticha.
-
Gʻaladonni hisoblab koʻrsam, olti tanga bir miri boʻpti. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
G‘ALADON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒАЛАДОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan G‘ALADON so‘ziga berilgan ma’nolar
g‘aladon so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
g‘aladon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing