g‘alati
bilan ulashing
1. Odatdagi, hammaga maʼlum boʻlganidan boshqacha; qiziq.
-
Sizlarda qanday — bilmadim-u, ammo biz taraflarda kelin-tushdi juda gʻalati boʻladi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Siz gʻalati odam ekansiz-ku, sogʻliqni saqlash kerak. S. Ahmad, Laʼli Badaxshon
-
xatdan boshini koʻtarmay: — Gʻalati yoʻtal chiqazibsizmi, Toʻlagan aka, — dedi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Nimaligi aniq boʻlmagan, anglab boʻlmaydigan; tayinsiz.
-
Vrach chiqib ketgandan keyin koʻnglini gʻalatilikmi, noaniqlikmi, ish-qilib, gʻalati bir tuygʻu qamrab oldi. Oʻ. Usmonov, Sirli sohil
-
Jilmaymoqchi boʻlgan edi, uning oʻrniga yuzida gʻalati bir ifoda paydo boʻldi. S. Zunnunova, Olov
3. Oʻz tabiiy holatini oʻzgartgan, alla-nechuk bir holatli.
-
Nega gʻalatisan, Vitya. Ranglaring quv oʻchgan-a. Yo qorning ochdimi? R. Fayziy, Sen yetim emassan
-
Nogoh Sobirning koʻzi ularga tushib, gʻalati boʻlib ketdi. M. Mansurov, Yombi
4. Juda qoyil; ajoyib.
-
Oyimchalardan gʻalatisini topib, gasht qilamiz. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Sen toʻgʻringda bir gʻalati ocherk yozmoqchiman. S. Ahmad, Ufq
-
Albatta it boqing. Oʻzim gʻalatisini topib beraman. S. Ahmad, Saylanma
G‘ALATI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒАЛАТИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘alati so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar