g‘alayon
bilan ulashing
1. Norozilik harakati; isyon, qoʻzgʻolon.
-
Suvoriy kazaklar kimdandir darak topib, gʻalayonni bostirgani kelishgan edi. S. Siyoyev, Avaz
-
Amir amaldorlari xalq gʻalayonidan choʻchib, shoirni kishi koʻzidan narida, Qabodiyon choʻllarida oʻldirishgan. Gazetadan
-
Butun Turkiston oʻlkasida gʻalayonlar avj olib ketdi. Fargʻona vodiysida qoʻzgʻolon dastlab Qoʻqon uyezdining Qaynar volostidan boshlandi. K. Yashin, Hamza
2. koʻchma Tabiat, uning hodisalari, shuningdek, kishi ichki dunyosidagi tugʻyon, joʻsh urish.
-
Bu xazina mazmunida tabiat gʻalayonlariga qarshi kurash borligini iftixor bilan tilga olamiz. Gazetadan
-
Boʻron togʻlar ustida, vodiyda oʻzining qudratli gʻalayonini boshlaydi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Muhabbatning koʻziga koʻzi tushganda, vujudida uygʻongan hislar gʻalayonini aniq esladi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Idroking mavjiga tekkaning zamon, U mudroq ruhingga solgay gʻalayon. A. Oripov, Yillar armoni
g‘alayon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gʻalayon qilmoq
-
Xalq gʻalayon qildi.
-
Bunday daqiqalarda kishini oʻy bosadi, xotiralar toʻlqini gʻalayon qiladi, xayol qanotlanadi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Mamadali Matmurodovning koʻnglida bir dehqonchilik qilsam, degan niyat gʻalayon qilib qoldi. S. Ahmad, Yulduz
G‘ALAYON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒАЛАЁН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘alayon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar