g‘alaba
bilan ulashing
1. Jang yoki bellashuv (kurash)da qozonilgan (erishilgan) muvaffaqiyat; zafar.
-
Hirot darvozalari tepasida karnay-u surnay, nogʻoralar avj qildi; sulton Shohrux mirzo lashkari gʻalaba bilan qaytib keldi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Urush ham tugar, gʻalaba damlari ham yetib kelar T. Rustamov, Mangu jasorat
-
Bahslarda toshkentlik yosh charm qoʻlqop ustalari eng koʻp gʻalabaga erishib, birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdilar. Gazetadan
2. Ish-faoliyat, maqsad yoʻlida erishilgan muvaffaqiyat, yaxshi natija; yutuq.
-
Oʻzbekiston oqsoqoli Yoʻldosh Oxunboboyev xalq hasharida qatnashgan barcha quruvchilarni katta gʻalaba bilan tabrikladi. Oʻzbekiston qoʻriqlari. Bahor bizni yana yangi mehnatga, ijodga, yangi kurash va yangi gʻalabaga chorlamoqda. Saodat
g‘alaba soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gʻalaba qilmoq
-
Fashizm ustidan gʻalaba qilmoq;
-
Avazxonni uyqu gʻalaba qildi. Qoʻlidagi kosa qars etib yerga tushdi Gulixiromon
-
Rashk gʻalaba qilib, oʻrtada janjal koʻtarilmasin, deydi K. Yashin, Hamza
-
Ishq gʻalaba qilib, bagʻri tutashdi Tohir va Zuhra
G‘ALABA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒАЛАБА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan G‘ALABA so‘ziga berilgan ma’nolar
g‘alaba so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
g‘alaba so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar