sement
bilan ulashing
1. ot Suvga qorganda, tez qotib, toshsimon massaga aylanadigan qurilish materiali; kukunsimon biriktiruvchi qurilish materiallarining umumiy nomi.
-
Yuqori navli sement.
-
Sement, ohak, ganch, mixlarimizni — qurilishda zarur boʻladigan narsalarimizni — boʻrondan, qumdan saqladik. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Inki kunda sement ham topildi, buldozer ham, beton plitalar ham topildi. S. Ahmad, Togʻ afsonasi
2. sifatdosh Sement bilan suvalgan, tekislangan.
-
Sement poydevor. Sement suvoq.
-
Yigitlar xarob stansiyaning keng sement zinasida non kavshab oʻtirisharkan, tasodifan buxorolik yigit kelib qoldi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Oʻng qatordagi birinchi xonaga bogʻlangan kattakon targʻil sigir sement oxurni tili bilan yalashdan toʻxtab, shoxdor boshini koʻtardi. S. Anorboyev, Oqsoy
3. anat. Tishning oʻzagi va boʻyni asosiy toʻqimasini qoplab turadigan suyaksimon modda.
SEMENT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЦЕМЕНТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sement so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar