shahodat
bilan ulashing
1. kitobiy Sodir boʻlgan u yoki bu hodisa yuzasidan beriladigan guvohlik, shohidlik.
-
Shahodat bermoq.
-
Eʼtimodlik bir kishining shahodatiga binoan, toshkentlik Yusufbek hojining oʻgʻli Otabek, bu kunda xonimizga qarshi bosh koʻtargan Aziz parvonachi va oʻz otasining vakolatlari bilan kelib, bu yerdagi fuqarolarni ham xon janobiga qarshi oyoqlantirmoqchi boʻlgan. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Ayvonning palos va asboblarida uncha boylik koʻrilmasa ham, puxta, ozoda, chirk yuqtirilmagan yoʻsinda yigʻishtirilganligidan, egasining rind tabiatli ekaniga shahodat bermakda edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Shahodat (xotin-qizlar ismi).
shahodat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kalimayi shahodat
Shahodat barmogʻi
-
Feruza pishillab, unga shahodat barmogʻini oʻqtaldi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
SHAHODAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШАҲОДАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shahodat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar