shahodatnoma
bilan ulashing
1. Biror oʻquv yurtini tamomlaganlik haqidagi rasmiy hujjat; guvohnoma.
-
[Mirgʻiyos:] Shahodatnomamni olaman-u, uyga joʻnayman. R. Azizxoʻjayev, Yashil chayla
-
Oʻquvchilar slyotida shahodatnoma olgan 2000 dan ortiq yoshning 1600 ga yaqini ishlab chiqarishda qolish istagini bildirdi. Gazetadan
2. Biror faktni, boʻlib oʻtgan voqea yoki holatni tasdiqlaydigan rasmiy hujjat; guvohnoma.
-
Mudira nikoh shahodatnomasini tantanali vaziyatda toʻldirib, avval Feruzaga, keyin Norqoʻziga ruchka tutib, qoʻl qoʻydirdi. H. Gʻulom, Senga intilaman
-
Insonni qadrlash, inson deb yashash — shudir buyuklikka shahodatnoma. Shukrullo.
SHAHODATNOMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШАҲОДАТНОМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shahodatnoma so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar