sina
bilan ulashing
1. Sinovdan oʻtkazmoq, tekshirmoq, tekshirib koʻrmoq.
-
Tayyor mashinalarni sinamoq. Sinamagan otning sirtidan oʻtma. Maqol
-
Er yigitni maydonda sina. Maqol
-
U [Aziz Abdurazzoq] faqat sheʼr yozib qolmay, nasriy hajvchilikda ham kuchini sinamoqda. Mushtum
-
Shildir-shildir qamishga sirgʻam tushdi, yor-yor, Sinalmagan yigitga singlim tushdi, yor-yor. Oq olma, qizil olma
2. Bir predmetni (masalan, dorini, taomni) ishlatib koʻrib yoki isteʼmol qilib, taʼsirini aniqlamoq.
-
Tohirjon kinoya bilan jilmaydi: — Barcha dorini sinadim. Meniki bedavo dard. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Imtihon qilib, bilim darajasini aniqlamoq.
-
Oʻquvchilarni fizikadan sinab koʻrmoq.
4. Oʻsmoqchilab soʻramoq, qoʻyniga qoʻl solmoq.
-
Uning [Hotamning] saxiyligi rostmi, yolgʻonmi — sinash maqsadida, bir-ikki odam oʻsha tulporni soʻrab, oldiga borishibdi. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
5. Boshidan kechirmoq, oʻz tajribasida, hayotida koʻrib bilmoq.
-
Qarzga yoʻliqqandan koʻra, baloyi nogahonga yoʻliqqan yaxshi. Hammasini sinadik. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Sinasin oʻz baxtini, Baxti qoʻllasin uni. H. Olimjon
SINA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sina so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing