sin
bilan ulashing
1. Parchalanmoq, maydalanmoq, boʻlaklarga ajralmoq, uzilmoq.
-
Shisha sindi. Qalam sinib soldi. Koʻza kunda sinmaydi, kunida sinadi. Maqol
-
Qayin daraxtining egilgani —singani, Er yigitning uyalgani — oʻlgani. Maqol
-
Qoʻlidagi dastalangan paxta gulli piyoladan biri yerga tushib, chil-chil sindi. T. Ashurov, Oq ot
-
Oyogʻingning ostida nogoh Chirs etar-u, sinib tushar shox X. Davron, Bolalikning osmoni
-
Yel ketma-ket boʻkirar, bunga chiday olmagan shox-shabbalar chars-churs sinar edilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Zarb yeb shikastlanmoq, parchalanmoq (gavda suyaklari haqida).
-
Umar bilagi sinib, boshi yorilib, tuproqda behush yotardi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
3. Shikastlanib ishdan chiqmoq, yaroqsiz holga kelmoq.
-
Arava sindi, hoʻkiz oʻldi. Maqol
-
— Xafa boʻlmang, aka, — dehqonning yelkasini qoqib yupatdi Yoʻlchi, — falokat emas —
-
arava sinadi, tuzatiladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Singan sozi qaytadan Tilga kirganday, Xazon boʻlgan bahori Gulga kirganday. Gʻayratiy
4. koʻchma Konkurensiyada, raqobatda yengilmoq, bankrotlashmoq, xonavayron boʻlmoq.
-
[Saidahmad:] Zamon juda loyqalanib ketyapti, hali qarasang, u boy sinibdi, hali qarasang, bu boy. Oybek, Ulugʻ yoʻl
5. koʻchma Maʼnaviy zarba olmoq.
-
Odamning koʻngli nozik boʻladi: bir kichkina narsa bilan yo sinadi, yo koʻtariladi. M. Ismoiliy, Bizning roman
-
— Agar bolaning ruhi sinsa, shunaqa betga chopar, kattaga soʻz qaytaradigan, qaysar boʻladi, — dedi [Akbarxoʻja]. P. Tursun, Oʻqituvchi
6. koʻchma Yengilmoq, mahv boʻlmoq.
-
Sinmas iroda. Haqiqat bukiladi, ammo sinmaydi. Maqol
sin soʻzi qatnashgan jumlalar:
Beli sinmoq
-
Meʼmor Najmiddin Buxoriy koʻtargan alamni fil koʻtarsa, beli sinardi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
[Azizboy:] Ho, ho Koʻp chiranma, Poʻlat! Azizboy bilan olishganlardan koʻpining beli sinib ketgan-a! N. Safarov, Sharq tongi
Boshida kaltak sinmoq
Beli sinmagan pul
SIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar