so‘r
bilan ulashing
1. Lablarga qoʻyib yoki lab orasiga olib, siqib ichga tortmoq.
-
Anorning suvini soʻrmoq. Javzo kirmay, rovoch suvini soʻr. Maqol
2. Shu yoʻsinda ovqatlanmoq, emmoq (bola haqida).
-
Ona koʻkragini soʻrib yotmoq.
3. Damiga tortib olmoq. Nasos suvni soʻrib oladi.
4. Umuman, tortib olmoq.
-
Kuz oftobi ertalabdan oqshomgi yomgʻir zahrini soʻra boshladi. Y. Shamsharov, Kumush piyola
-
Tepaga koʻtarilgan quyosh oʻtli tili bilan yer bagʻridagi barcha namni soʻrib olardi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
5. Tirik organizmlarning suvini, shirasini, qonini maxsus aʼzolari yordamida tortib ichmoq (hasharotlar, qush va hayvonlar haqida).
-
Kapalak gul suvini soʻradi. Zuluk qon soʻradi.
-
Yosh oʻrgimchaklar onasining har tomonidan qon suyuqligini soʻraveradi. Fan va turmush
6. Ogʻizga olib va tupuk bilan hoʻllab, selini til va tanglay harakati bilan asta-sekin ichga yutmoq; shimmoq.
-
Konfet soʻrmoq.
-
— Biz dehqon odammiz, Saidqul, — dedi u. — Siz u — ayollar bilan koʻp gaplashib, oz tanovul qilib, keyin gazagiga qand soʻradigan. M. M. Doʻst, Lolazor
7. koʻchma Zoʻrlik yoki aldov bilan birovning kuchidan, mehnatidan, boyligidan foydalanmoq; ekspluatatsiya qilmoq.
-
[Zuhra:] Sigirning qulogʻiga tushgan kanaday erni soʻrib yotish ham yaxshi kasb! A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
8. Chekmoq, tortmoq.
-
Chilim soʻrmoq.
-
Bektemir maxorka oʻrab, jimgina soʻra boshladi. Oybek, Quyosh qoraymas
so‘r soʻzi qatnashgan jumlalar:
Barmogʻining (yoki tirnogʻining) kirini soʻrmoq
-
Koʻplarning yegani noni, qalagani oʻtini yoʻq. Barmogʻining kirini soʻrib, oyogʻini eski toʻshakka oʻrab oʻtiribdur. X. Toʻxtaboyev, Yillar va yoʻllar
Qonini (yoki kuchini, iligini) soʻrmoq
-
Bultur, kech kuz, qishning boshlari boʻlsa kerak — kuch-quvvatini allaqanday koʻrinmas jonzot soʻrib olgandek, birdan ozib-toʻzib rangi olindi, burungi gʻayratidan asar ham qolmadi. Yoshlik
-
Dehqonlarning holi shundayin oʻtgan Shafqatsizlar iligin soʻrib yotgan. Ergash Jumanbulbul oʻgʻli
SO‘R so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СЎР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
so‘r so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar