sovi
bilan ulashing
1. Issigʻi, harorati pasayib, sovuq xolga kelmoq, birmuncha sovuq boʻlmoq.
-
Suv sovidi. Havo sovidi.
-
Yodgorning nazarida, uy yanayam sovib ketgandek koʻrindi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Otaqoʻzi birdan qaynab toshdi-yu, sovib qolgan bir piyola choyni bir koʻtarishda boʻshatdi. O. Yoqubov, Diyonat
2. Badanidan hovuri koʻtarilib, harorati normallashmoq.
-
Ot sovidi.
-
Chuv deb otga qamchini, Chinor berib boradi. Sovidimi jonivor, Oʻzin otib boradi. Oysuluv
3. koʻchma Hovurdan tushmoq, pasaymoq.
-
Tez qaynagan tez sovir, deydilar. S. Siyoyev, Avaz
-
Mamashaning qiliqlaridan xafa boʻlmaysiz-da, qoʻshni. Keyin sovib qoladilar. Mushtum
4. Joʻshqinligini, xurujini, avjini, qizigʻini yoʻqotmoq, susaymoq, soʻnmoq.
-
Bozor sovidi. Bazm sovib qoldi.
-
Olchinbek uning [Hamzaning] bu taklifini na rad etdi, na quvvatladi. Shu bilan suhbat sovib qoldi. K. Yashin, Hamza
5. koʻchma Koʻngli qolib, mehr-muhabbatini, maylini, ixlosini yoʻqotmoq.
-
Ishdan sovimoq.
-
Darslardan sovidim, hech kim bilan ishim yoʻq. A. Muxtor, Davr mening taqdirimda
-
[Avaz:] Ogʻa, oʻn kuncha boʻldi, qoʻlimga qalam olmadim. Nazmdan tamom sovidim. S. Siyoyev, Avaz
sovi soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻngli sovimoq
Tuprogʻi sovimay (yoki sovimasdan)
-
— Dada, uyalmaysizmi, andisha qilmaysizmi? Akamning tuprogʻi hali sovimay turib-a? — dedi Nizomjon. S. Ahmad, Ufq
-
— Qanday ota u? — qichqirdi Nuri. — Oyimning tuprogʻi sovimasdan, choʻri qizga uylanadimi? Oybek, Tanlangan asarlar
SOVI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СОВИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sovi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing