so‘zsiz
bilan ulashing
1. sifatdosh Soʻzi, soʻzlari boʻlmagan,
-
Soʻzsiz surat.
2. ravish Ovoz chiqarmay, gapirmay; sukut ichra, jim.
-
Nogahon falakka urgan kabi doʻq, Soʻzsiz qotib turar boʻychan teraklar. A. Oripov, Yillar armoni
3. ravish Hech qanday eʼtirozsiz.
-
Soʻzsiz itoat etmoq. Soʻzsiz taslim boʻlmoq.
-
Xohish-irodamizni soʻzsiz bajarasan. Sharq yulduzi
4. modal so‘z Fikrning aniqligini, qatʼiy buyruq va zaruratni bildiradi.
-
Soʻzsiz, u keladi. Maktabdagi musobaqalarga qatnashadi va, soʻzsiz, birinchi oʻrinni egallaydi.
SO‘ZSIZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СЎЗСИЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
so‘zsiz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar