surgun
bilan ulashing
1. 1 Davlat organlarining qarori yoki sud hukmi bilan jazo tariqasida boshqa bir yerda yashash uchun majburiy ravishda koʻchirish; badargʻa.
-
Surgun qilmoq. Surgunga yubormoq.
-
Sal norozilik qilib, ishdan boʻyin burganlarning boshi baloga qolar, bundaylarga surgun, badargʻa doimo tahdid solib turardi. K. Yashin, Hamza
-
Bosh vazir Isfandiyorni taxtdan tushirish yoʻlini oʻylab, uyi tomon borar, xon esa Islom-xoʻjani surgun qilish yo qatl etish rejasini tuza boshlagan edi. S. Siyoyev, Avaz
2. Shunday jazoga mahkum etilgan kishilar badargʻa qilinadigan joy va u yerdagi hayot.
-
Bir oʻqituvchi rus ayol ham surgun qilingan ekan. U surgundagi savodsizlarni oʻqita boshladi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Surgunda qon yutgan yillarni aytib, Der ekan: — Esimda: bir vaqtlar yiroq Yurtda boshimizga tushgandi firoq. M. Shayxzoda
SURGUN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СУРГУН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
surgun so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar