suyanchiq
bilan ulashing
1. Oʻrindiqlarning suyanish yoki tirsak tirab oʻtirish uchun xizmat qiladigan qismi.
-
Kreslo suyanchigʻi.
-
Ilhom-jon mashina eshigini ochib, oʻrindiq suyanchigʻini bir oz orqa surib qoʻydi. N. Aminov, Qahqaha
-
devorga tirab qoʻyilgan, orqa suyanchigʻiga kaftdek oyna oʻrnatilgan eski divanda oʻqituvchi va tarbiyachilar zich oʻtirishibdi. N. Aminov, Qahqaha
-
Uning koʻzi stul suyanchigʻiga ilingan kiteliga, shimiga tushdi. S. Ahmad, Ufq
2. koʻchma ayn. Suyanch.
-
Oilaning suyanchi.
-
Musulmonqulning birinchi suyanchigʻi oʻzining odamlari boʻlsa, ikkinchisi —ulamolar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Avvalo, oʻz tinchingizni oʻylang, uka. U kishi sizga suyanchiq boʻloladimi, yoʻqmi — shuni oʻylang. M. M. Doʻst, Lolazor
-
— Oʻzimning uliginam (oʻgʻilginam), suyanchiqqinam, — deb erkalardi baʼzan uni onasi Saodat
SUYANCHIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СУЯНЧИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
suyanchiq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar