suyan
bilan ulashing
1. Orqasini, yelkasini, kiftini biror narsaga tirab oʻtirmoq yoki turmoq.
-
Devorga suyanmoq. Yostiqqa suyanmoq. Echkining tayoq yegisi kelsa, choʻponning tayoviga suyanadi. Maqol
-
Ulugʻbek chayqalib, devorga suyandi. Yoshlik
-
Aya keyin koʻrsa, Karomatxon ham kelib, eshik kesakisiga suyangancha, gaplariga quloq solib turgan ekan. A. Muxtor, Kumush tola
2. Gavda ogʻirligining bir qismini biror narsaga tashlamoq; tayanmoq.
-
Egilgan tayoqqa suyanma, seni ham egadi. Maqol
-
Yaxshiboyev oʻtirgan xarragidan turdi. Qoʻlidagi ajdarbosh hassasini yerga qoʻyib, sekin suyandi, yuragiga quloq tutdi. M. M. Doʻst, Lolazor
-
Iskandar esa beixtiyor soʻri panjarasiga ogʻir suyanib chuqur tin oldi. M. Mansurov, Yombi
3. koʻchma Madad olmoq, yordamiga tayanmoq, yordamiga tayanib ish tutmoq.
-
Xalqqa suyansang — boʻlasan, xalqdan chiqsang — soʻlasan. Maqol
-
[Yaxshiboyev:] Qarigan chogʻingda odamning har biri gʻanimat: dardingni aytsang, chayqalgan chogʻing suyansang. M. M. Doʻst, Lolazor
-
Togʻay kim — yolgʻizqoʻl bir yigit. Oʻlarmon otasi=yu puf desa, dovonga borib tushadigan qiltiriq ukasini demasa, boshqa suyanadigani yoʻq. Yoshlik
4. Ishonmoq, tayanmoq; asoslanmoq.
-
Maqsud Soliyev oʻttiz yillik ishi davomida odamlarning turfa xilini koʻrdi. U, tajribasiga suyangan holda, bir narsaga amin boʻldi: jamiyat uchun jinoyatchidan koʻra loqayd odam xavfliroq! Yoshlik
suyan soʻzi qatnashgan jumlalar:
Suvga suyanmoq
-
Suvga suyanma, yovga sigʻinma. Maqol
Suyangan togʻi
Suyanib qolmoq
-
Chol-u kampir bir-birlariga suyanib qolgan, bir-birlariga juda mehribon. Oydin, Shirin keldi
SUYAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СУЯН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
suyan so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar