suyak
bilan ulashing
1. Odam va umurtqali hayvonlar skeletining har bir qismi; soʻngak.
-
Oʻmrov suyagi. Tizza suyagi. Suyak ogʻrigʻi. Fil suyagi.
-
Suyak butun boʻlsa, et bitib ketar. Maqol
-
Boʻrijonning oriq, umurtqa suyaklari boʻrtib, qovurgʻalari sanalib turgan qoʻsh hoʻkizi omochni zoʻrgʻa tortib boryapti. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
-
Bobo., umr boʻyi koʻksini bekitmagan, anordek qizgʻish koʻksidagi suyaklar boʻrtib chiqib turardi. Mirmuhsin, Umid. Odam qoni tarkibida, shuningdek, suyagida oʻttizdan ziyod element uchraydi. Fan va turmush
2. Soʻyilgan molning etli ustuxoni (ov-qat sifatida).
-
Suyak qaynatmoq. Suyak tozalamoq.
-
Goʻsht suyaksiz boʻlmas, Sholi — kurmaksiz. Maqol
-
Axir sen it emasding-ku, belanib loyga, Bir-biringni gʻajisang to suyak talashib. A. Oripov, Yillar armoni
3. Etdan tozalangan ustuxon (xomashyo, material sifatida).
-
Suyak yelimi. Suyak oʻymakorligi. Suyak tugma. Suyak uni.
-
Suyakka gul chizib, asboblar (parma, arracha, egov va boshqalar) yordamida oʻyib, naqshlar hosil qilinadi hamda jilolanadi. OʻzME
4. sifatdosh Juda oriq, ozgʻin,
-
Suyak odam,
-
Chol seskanib, boshini koʻtardi, yigitni quchoqlab, suyak qoʻllari bilan uning yelkasini siladi. Oybek, Tanlangan asarlar
5. koʻchma Avlod, nasl; urugʻ.
-
Sulton suyagini xoʻrlamas. Maqol
suyak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Suyagi buzuq
Suyagi qotmagan
-
Men magʻrurlikka berilib, suyagi qotmagan oʻgʻlimni bu qoʻshinga bosh qilib yubordim va manmanlikning jazosini tortdim. M. Osim, Ajdodlarimiz qissasi
Suyaklari chiqqan (yoki sanalib qolgan)
Suyak-suyagidan oʻtmoq
-
Togʻdan esgan izgʻirin odamning suyak-suyagidan oʻtib ketadi. M. Osim, Karvon yoʻllarida
-
Bu soʻzlar Nusratbekning suyak-suyagidan oʻtib ketdi. S. Nurov, Narvon
Eti — sizniki, suyagi — bizniki
-
Bola olti yashar boʻlganda, podsho dasturxonni katta qilib, bolaning qoʻlidan yetaklab, maktabga olib boribdi: — Eti — sizniki, suyagi — bizniki, — deb domlaga beribdi. Luqmoni Hakim
Eti suyagiga yopishgan
-
Tishlari tushib, jagʻi-jagʻiga kirishib ketgan katta buvisi hassasini yerga taq etkizib urdi-yu, qurishib, eti suyagiga yopishib ketgan basharasini burishtirib, shangʻiy boshladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Quruq (yoki qoq) suyak
-da suyagi qotgan
-
Meni kichkina, nimjon demang. Dalada oʻsganman. Ketmonda suyagim qotgan. S. Ahmad, Ufq
Pichoq (borib) suyakka qadalmoq (yoki taqalmoq, yetmoq, tegmoq)
-
Bas, pichoq borib suyagimga yetdi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Jon doʻstim, pichoq borib suyakka taqaldi, bu kecha ham uxlamay chiqdim. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
Suyagi yoʻq
-
[Qozi:] Xotirjam boʻling, boy. Qodirqul dodxohning bunaqangi ishlarga suyagi yoʻq. Hamza, Tanlangan asarlar
Suyagi tinch
Suyagi tinchib qolmoq
Suyagiga (yoki suyak-suyagiga) singimoq
-
— Ajabo, — dedi Sobirjon chiqib ketayotgan haligi yupungina cholga qarab, — mutelik ham odamning suyak-suyagiga munchalik singib ketar ekan-da. Sharq yulduzi
Suyak surmoq
-
Oʻzi suyak suradigan bir dard ekan bu. S. Ahmad, Hukm
Tilning suyagi yoʻq
-
Avvali urish boʻlmasin, urish boʻlgandan keyin, til oʻlgurning suyagi yoʻq. A. Qahhor, Qoʻsh-chinor chiroqlari
SUYAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СУЯК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
suyak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar