tagsiz
bilan ulashing
1. Tagi, tubi yoʻq.
-
Tagsiz chelak.
2. Koʻchma Juda chuqur, tubsiz.
-
Tagsiz dengiz.
-
Fakultet — Munisxon bilan ikkovining orasidagi tagsiz chohga tushgan omonat koʻprik edi. A. Qahhor, Sarob
3. koʻchma Bepoyon, benihoya.
-
Tagsiz osmonda sochilib yotgan sanoqsiz yulduzlar guzarning toʻrt yeriga yoqib qoʻyilgan kunjara mashʼalini ermak qilayotgandek jivirlashadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
4. koʻchma Asossiz, puch.
-
— Bu gaplarimni yolgʻon demoqchimisan? — Albatta, tagsiz gaplar! S. Ayniy, Qullar
TAGSIZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАГСИЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tagsiz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar