tahdid
bilan ulashing
1. Qoʻrqituv, doʻq, poʻpisa.
-
Gulnorning zaharlanganini Mirzakarimboy va oʻgʻillari qatʼiyan rad qilib, maʼsuma qurbonning ota-onalarining tillarini doʻq, tahdid bilan muhrlashga tirishdilar. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Nusratilla mehmonning koʻziga qarab turib, tahdid bilan aytdi: — Chiqib keting! A. Muxtor, Opa-singillar
2. Biror falokatning, qoʻrqinchli voqeaning sodir boʻlish xavfi; xatar, xavf.
-
Tahdid solmoq.
-
Bilaman, hayotim tahdid, xatarda. U. Qoʻchqorov
-
Bu punktda bar-qaror boʻlgan armiya kuchlari dushmanning soʻl qanotini katta tahdid ostida qoldirgandi. Oybek, Quyosh qoraymas
tahdid soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tahdid qilmoq
-
U Hamidani chaqirib olib, Haydarga tayoq bilan tahdid qilib qoʻydi. M. Osim, Tilsiz guvoh
-
— Yoʻqol, koʻzimga koʻrinma! — bek ovozini koʻtarib tahdid qildi. H. Gʻulom, Mashʼal
TAHDID so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАҲДИД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tahdid so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar