tahlil
bilan ulashing
1. Narsa, hodisa va shu kabilarni mohiyat, qonuniyat va boshqalar jihatlardan tekshirish, oʻrganish ishi.
-
Ilmiy tahlil. Estetik tahlil.
-
Fan uchun tajriba va faraz, qiyos va tahlil juda zarur. A. Rahmonov, Hurmat-ehtirom
-
Adabiy tanqid esa ilmiy tadqiqot va tahlil yoʻli bilan yaratgan yangiliklarini oʻzi joriy qiladi. U. Normatov, Talant tarbiyasi
2. Biror narsa, maʼlumot va shu kabilarni maʼlum nuqtayi nazardan oʻrganish, baholash.
-
Ertasi kun choʻlni yana qadamlash boshlandi. Yana oʻlchash, suratga olish, tahlillarni daftarga koʻchirish davom etdi. R. Oʻroqov, Qarshi choʻlida
-
Menimcha, bu toʻgʻrida [maktub haqida] hech qanday tahlilning lozimi boʻlmasa kerak. Chunki buning ahamiyati hammamizga maʼlum. N. Safarov, Tanlangan asarlar
3. Biror narsaning tarkibini belgilash va uning mohiyatini tadqiq etish.
-
Kimyoviy tahlil. Lingvistik tahlil. Soʻzning morfem tahlili. Sintaktik tahlil.
4. din. Dafn marosimi oldidan marhum tepasida davra olib, tilovat qilish.
tahlil soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tahlil qilmoq (yoki etmoq)
-
Notiq oʻz soʻzining asosiy qismini yubilyarning ijodiy-ilmiy faoliyatini chuqur tahlil qilishga bagʻishladi. UTA
-
Ammo mana shu ziddiyatlarni chuqurroq tahlil qilishga hali xalqning ongi yetmasdi. K. Yashin, Hamza
-
Ishlarni tahlil qilib, kerakli tashkilotlarga qoʻngʻiroq qildi. S. Nurov, Narvon
-
Soʻzni sintaktik tahlil qilganda, sintaktik hodisalar, sintaktik birliklar, ularning tiplari, ifoda materiali va shu kabilar belgilanadi. UTA
TAHLIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАҲЛИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tahlil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar