tanho
bilan ulashing
1. Boshqa kimsadan, narsadan xoli, yakka, yolgʻiz.
-
Hamma yoqni saqlar muz togʻidan gʻov, Jimlikka tikilgan bir tanho oʻtov. Gʻ, Gʻulom
-
Qiz bilan yigit suhbatining tanho guvohi — osmonda suzib yurgan oy qarshisidagi qora bulut parchasiga ayyorlarcha sekin kirib yashirindi. F. Musajonov, Huri
-
Uyqum qochgach, koʻchalarni tanho aylanib, shirin orzular ogʻushida tong otguncha kezib yurgim kelardi. O. Yoqubov, Ikki muhabbat
2. Kimsasiz, hech kim yoʻq.
-
Tanho kechada farzand bilan ota oʻrtasida boʻlib oʻtgan u uchrashuvni faqat koʻkda suzib yurgan oyning kemtik oʻrogʻi kuzatib turardi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
3. Biror jihatdan yakka-yu yagona, tengi, oʻxshashi yoʻq.
-
Gilos shirinmi yo sen! Shirinlikda tanho sen. R. Bobojon
-
Husn bobida tanho desam, hunar bobida ham tanho ekansan. Oʻ. Umarbekov, Odam boʻlish qiyin
4. koʻm. vzf. Ayirish, chegaralash bildiradi; faqat.
-
U dargohda rang bor, olov bor, Tanhogina sen yoʻqsan, gulim. R. Parfi, Koʻzlar
-
Qani endi, butun borliqqa tanho oʻzing hukmron boʻlsang. F. Musajonov, Himmat
TANHO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАНҲО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tanho so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar