tanda
bilan ulashing
1. Mato toʻqish uchun uzunasiga, boʻylama tortilgan ip, oʻrish.
-
Tandasi ham, arqogʻi ham sof ipakdan tayyorlangan atlas.
-
Etagi olislarga choʻzilib ketgan choʻl toʻquvchi dastgohidagi tandaga, yangi obod boʻlgan joylar esa shu tandaning asta-sekin toʻqilib kelayotgan sergul matosiga oʻxshardi. S. Ahmad, Choʻl burguti
2. koʻchma Oʻrish iplari kabi tortilgan nur, tola va shu kabilar haqida.
-
Quyosh ham shoshqaloq boʻlib qoldi — tandasini darrov yigʻishtirib oldi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
tanda soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tanda qoʻymoq
-
Inoyat oqsoqol Margʻilon bilan Chorterak orasiga tanda qoʻyib qolgan. S. Ahmad, Ufq
-
Menam shunisiga dogʻman-da, uka. Keyingi vaqtlarda Turdi gʻilay idoraga tanda qoʻygan. A. Koʻchimov, Halqa
TANDA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАНДА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tanda so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar