tanbeh
bilan ulashing
1. Nojoʻya xatti-harakat uchun berilgan taʼzir, koyish, ogohlantirish yoki jazo.
-
Yengil tanbeh. Qattiq tanbeh. Tanbeh bermoq. Tanbeh olmoq.
-
Keksa bogʻbonning samimiy soʻzlari ham taʼna, ham tanbeh edi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Togʻaning tanbehlariga qaramay, jiyan oʻz yoʻlidan qaytmadi. Sharq yulduzi
-
— Biz tegganimiz yoʻq-ku, ota! — dedi bolalardan biri, cholning tanbehini qattiq olib. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
2. Kamchilik, xato kabilarni qayd etuv-chi gap-soʻz, fikr-mulohazalar.
-
bu ishdan ham ayrilib qolmay, deb astoydil ishladi, xoʻjayinidan biron tanbeh eshitmadi. Yo. Raimov, M. Rahmon, Hayot-mamot
-
Ularning maslahati, yoʻl-yoʻrigʻi va tanbehlari aksariyat hollarda oʻrinli boʻlib chiqayotganligi bejiz emas. Gazetadan
3. Ish-xizmatdagi tartib-qoidaga binoan beriladigan rasmiy jazo.
-
Ishdan kechikishlari uchun tanbeh olmoq. Tartibga rioya qilmaganligi uchun komandir tanbeh eʼlon qildi.
4. sprt. Oʻyin qonun-qoidasiga zid xatti-harakat uchun hakam tomonidan aytilgan gap, soʻz; ogohlantirish.
tanbeh soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tanbeh bermoq
-
Hamshira tanbeh berib, boshimni yostiqqa qoʻydi. Guldasta
-
Boshliq boʻlganingizdan keyin gapirish emas, tanbeh berishga ham haddingiz sigʻadi S. Nurov, Narvon
Tanbeh yemoq
Tanbeh olmoq
-
Men sahar-mardonda tepani aylanib chiqaman deb, komandirdan qattiq tanbeh olgan edim. T. Rustamov, Mangu jasorat
Tanbehini bermoq
-
Manman kishining bunda boʻynin sugʻurib, Agar koʻrsam, tanbehini beraman. Bahrom va Gulandom
Tanbehini yemoq
-
Odam tiqilinch boʻlgan bu vagonda joy topolmasdan, eshikning oldida oʻtirib, toza tanbehimni yedim. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
-
Sobirning qiyofasida tanbeh yeb, tavba qilish emas, oʻz istagidan qaytmaslik hissi barqaror edi. F. Musajonov, Himmat
TANBEH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАНБЕҲ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tanbeh so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar