tani
bilan ulashing
1. Tanish boʻlmoq, bilmoq.
-
Men uni ikki yildan beri taniyman. Bu yerda u hech kimni tanimaydi.
-
Adolatni taniganlar unga hayron boʻlib, baqrayib qarab qolar, baʼzi birovlar yuzini oʻgirar edi. S. Zunnunova, Gulxan
-
Nurinisoni yaqindan taniganlar u bilan har vaqt juda ehtiyot boʻlib muomala qilar edilar. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Oʻziga tegishli yoki tanish kimsani, narsani koʻrinishidan yoki boshqa biror belgisidan bilmoq, ajratmoq.
-
Ovozidan tanimoq. Koʻzidan tanimoq.
-
Darvozabon bekni tanib, qoʻl qovushtirdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Eshelonning keyingi toʻxtashida vagon tirqishidan qarab turgan Isroil Azimov bu stansiyani tanib, Penza dedi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Loy va tuproqqa qorishgan jangchilarni tanimoq qiyin edi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Hay, u qizni oʻzing koʻrsang taniysanmi? S. Siyoyev, Avaz
3. Farqiga boradigan, yaxshi-yomonni ajratadigan boʻlmoq, ajrata bilmoq.
-
Oting borida yoʻl tani, Aqling borida el tani. Maqol
-
Sen azaldan odam taniysan. Koʻnglingga bir narsa kelmasin-u, ogʻayni, Shoabdufattoh Xoʻjayev — oʻgʻil bola yigit. A. Qahhor, Ogʻaynilar
-
Gilam taniydigan odam ikki mingga indamasdan oladi. A. Qahhor, Asarlar
-
Joʻra boshqa otlarga bir zum koʻz tashlab: — Agar ot tanisang, risoladagi saman— shu, — dedi. Oybek, Tanlangan asarlar
4. Haq-huquqi, obroʻyi, mavqeyi va shu kabilar bilan hisoblashib muomala qilmoq, tan olmoq.
-
Biz Musulmonqulni tanimaymiz! Bizning boshligʻimiz Xudoyorxondir! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
tani soʻzi qatnashgan jumlalar:
Odamni tanimaslik (yoki tanimay qoʻymoq)
-
Shunday qilib, kunni oʻtkazaverdi. Burungiday odam tanimaydigan boʻlib ketdi. Bahrom va Gulandom
-
Ravshan Musayev sovxozning 4-boʻlimiga boshqaruvchi boʻldi-yu, uncha-muncha odamni tanimay qoʻydi. Mushtum
Oq-qorani tanigan
-
Siz oq-qorani tanigan odamsiz, Abdishukur. Oybek, Tanlangan asarlar
Xat tanimoq
-
Ana, sizning mehribon Oyimxon opangiz. Rayonga borib, uch oy oʻqib keldi. Ha, sal-pal xat taniydigan boʻpti. P. Tursun, Oʻqituvchi
Esini (yoki aqlini) tanimoq
-
Biz, raisimiz aytmoqchi, endi esini tanigan boladaymiz: koʻp narsaga qiziqamiz, koʻp narsani bilgimiz keladi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Mirpoʻlat Temirovich gapning poʻstkallasini aytdilar, esimni taniganimdan beri bu — ikkinchi marta etik kiyishim. S. Mahkamov, Shogird
Haqini tanimoq
-
Davlatyor taʼriflagandek, haqini tanimagan bu bechora [Xudoyqul] shu ravishda hayot kechirar edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
TANI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАНИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tani so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar