tartib
bilan ulashing
1. Ish-harakat, tadbir-chora va shu kabilarning amalga oshuvida rioya qilinadigan maʼlum izchillik, reja, qonun-qoida va shu qonun-qoidalarga javob beradigan holat.
-
Pensiya belgilash tartibi. Ovoz berish tartibi. Yangicha toʻy tartibi.
-
[Zargarov:] Majlisda tartib boʻlishi kerak! [Poʻlatjon domla:] Bugungi majlisning tartibi shunaqa. A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
-
Oyimxon stolni taqillatib, Tojiboyni tartibga chaqirdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Narsalarning joylashuvi va shu kabilar jihatdan mutanosiblik boʻlishi, meʼyoriy holat.
-
Hovlilarga tartib bilan meva daraxtlari ekilgan. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Yaqindagina keltirilgan vagonchalarda tartib oʻrnatildi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Uydagi tartib va ozodalik uning bahrini ochib yuborgan edi. S. Zunnunova, Yangi direktor
3. Shaxs yoki narsalarning oʻrinlashish tizimida qoʻllangan yoʻl; sira.
-
Pochtaxona orqaga qiyaroq oʻrnatilgan gazeta vitrinasidan iborat boʻlib, unga alifbo tartibida yashiklar oʻrnatilgan. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
4. Yoʻl-yoʻriq, usul, yoʻsin.
-
xon qoʻshinlarning shaharga kirish va joylashish tartibini oldindan oʻylab qoʻygan edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
tartib soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kun tartibi
-
Majlisni Ibrohimov ochdi va kun tartibini eʼlon qildi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Men bu bilan damba masalasini kun tartibidan chiqarib tashlash kerak, demoqchi emasman. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Tartibga solmoq
-
sochlarini tartibga soldi-yu, oʻrnidan turib, shohi atlas koʻrpa-koʻrpachalar toʻla taxmonga bordi. K. Yashin, Hamza
-
Stolni tartibga solayotgan Nargizaga koʻmaklashdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Tartib bermoq (yoki qilmoq)
-
[Mashhadiy] Tunlarni uyqusiz kechirib, Devon ham tartib qilgan. Oybek, Navoiy
Tartib son
TARTIB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАРТИБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tartib so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar