teja
bilan ulashing
1. Ortiqcha sarfga yoʻl qoʻymaslikka harakat qilib ish tutmoq, ayash, tejam bilan sarflamoq.
-
Umidning qiyinchilik bilan katta boʻlganini hamma bilardi — kiyimni yaxshi kiyishi, pulni tejashi ham shundan. Mirmuhsin, Umid
-
Malaxov qancha ayab, tejab otmasin, oʻqi kutgandan tez tugab borardi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Minutlarni tejang, oʻtmasin damlar R. Bobojon
2. Isrof qilmaslik yoʻli bilan orttirmoq, ishlatmay, sarflamay qoldirmoq.
-
Shunday boʻlsa ham, tushlikka chiqqanda, yarim soatgina vaqtni tejab, oshxonadan chiqdi-yu, Halim boboning bogʻiga yoʻl oldi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Yem-xashakdan mohirona foydalanish tufayli chorvadorlar koʻp miqdordagi donni tejab qoldilar Gazetadan
3. Kimsani yoki oʻzini ehtiyot qilmoq, ayamoq, saqlamoq.
-
Bolani oʻz holiga tashlab qoʻyib boʻlmaydi, uni tejab, tergab turish kerak.
-
Qutidor qizining peshonasini ushladi: — Ey, ha Kumush, hali issigʻing bor, — dedi. — Oʻzingni teja, qizim, oʻrningni qalin qilib, burkanib yot, terlasang — yorishasan, qizim! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
TEJA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЕЖА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
teja so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar