tegishli
bilan ulashing
1. Talabga, vaziyatga, qonun-qoidaga va shu kabilarga mos, muvofiq; shu jihatdan kerak, loyiq, lozim boʻlgan.
-
Tegishli xulosa chiqarmoq. Tegishli choralarni koʻrmoq. Tegishli hujjat koʻrsatmoq.
-
Bu xabarni professorga bildirdim, undan tegishli konsultatsiya oldim. Oydin, Uyaldi shekilli, yerga qaradi
-
Elmurod ham uning feʼlini bilib, har bir savoliga tegishli javobni berib turar edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Paxtakorlarning hamisha oʻz soʻzlarining ustidan chiqishi uchun tegishli sharoit ham yaratib berilishi lozim. Gazetadan
2. Kimsa yoki narsaga qarashli, aloqa-dor, taalluqli boʻlgan.
-
Ularning [xotinlarning] chagʻir-chugʻur aralash qahqahalari hovlini yangratadi. Gulnorga tegishli toʻrdagi bir uy, bir ayvon jimjit. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Boʻston, bu gap senga tegishli. S. Zunnunova, Yangi direktor
-
Abdulaziz, oʻgʻillari otlarni sugʻorib, aravalarni shay qilib qoʻyganini, karvonsaroy sohibi ham unga tegishli odam ekanini aytdi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
— Dadam har kishining oʻziga tegishli gapni aytadilar, — dedi Onabibi Bozor-qulga. A. Muxtor, Chinor
3. Daxli boʻlgan, muayyan, belgili.
-
Senlar bilan tegishli joyda gaplashaman, ertagayoq domla-imomlar bilan orani ochdi qilaman. S. Karomatov, Hijron
-
Tegishli yuqori tashkilotga yetib borgan igʻvoni tekshirish uchun zudlik bilan turt-besh kishidan iborat komissiya joʻnatildi. E. Usmonov, Yolqin
-
Sessiya, shuningdek, xalq deputatlari tegishli Kengashi deputatlarining kamida uchdan ikki qismining tashabbusiga binoan ham chaqirilishi mumkin. Gazetadan
4. Oʻziga yarasha, lozim boʻlgan; kerakli.
-
Tekinxoʻr va bezorilar odil sud tomonidan tegishli jazosini oldi. Gazetadan. Soib Ismoilovning jasoratidan ruhlangan jang-chilarimiz dushman hamlasiga tegishli javob berdilar. T. Rustamov, Mangu jasorat
TEGISHLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЕГИШЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tegishli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar