tegirmon
bilan ulashing
1. Gʻallani, donni yanchib un qilish uchun moslangan, maxsus qismlardan iborat, suv, shamol, elektr energiyasi va shu kabilar kuchi bilan ishlaydigan qurilma.
-
Suv tegirmon. Shamol tegirmon. Tegirmon toshi. Tegirmonga don olib bormoq.
-
Soy boʻyida behisob daraxtlar orasiga koʻmilgan tegirmon guvullar edi. A. Qahhor, Asror bobo
-
Irmoqlar anhorlarga qoʻshilib, tegirmon, objuvozlarni harakatga keltiradi. J. Abdullaxonov, Oriyat
2. Shunday qurilma joylashgan bino, joy.
-
Menga qara, chopib tegirmonga borib kel! Ozgina bugʻdoyga un alishib kelasan. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Tegirmon Shoʻxsoyning boʻyida joylashgan edi. A. Qahhor, Asror bobo
tegirmon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir tegirmon suv
-
Ilgari kanal toʻgʻrisi-da gap boʻlganda, Sidiqjon uni biron tegirmon suv eltadigan ariq deb oʻylagan edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Boshida tegirmon toshi yurgizmoq
-
etlarimni nishtar bilan tilsinlar boshimda tegirmon toshi yurgizsinlar! Men sizdan ajralmayman! Hamza, Boy ila xizmatchi
Tegirmon boshi
-
Haydar ota shu oʻy bilan tegirmon boshiga yetganini ham bilmay qoldi. A. Qahhor, Asror bobo
Tegirmon navbati bilan
-
Nega shoshasiz, tegirmon ham navbati bilan.
Tegirmon toshi
-
bir oʻgʻil bilan yerga mixlanib oʻtiraverish, tegirmon toshidek, uni kun sayin ezib yuborardi. D. Nuriy, Osmon ustuni
Tegirmon qilmoq (yoki tortmoq)
-
Otamning doʻsti Mahkamboy aka tegirmon qildirib qoʻygan chaksa zogʻora unni orqalab, orqamga qaytdim. S. Abdulla, Yoshlik yillarim
Tegirmonga tushsa, butun chiqadi
-
Tinchlan, qizim u keladi. Keladigan vaqt boʻpqoldi. Otamurod — tegirmonga tushsa, butun chiqadigan yigit. M. Mansurov, Yombi
Tegirmoniga suv quymoq
-
Nahotki doʻst bilan dushmanni ajratolmaysiz. Nahotki muttahamlarning tegirmoniga suv quyganingizni sezmasangiz! Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
TEGIRMON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЕГИРМОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan TEGIRMON so‘ziga berilgan ma’nolar
tegirmon so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
tegirmon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar