tegiz
bilan ulashing
1. Tegmoq feʼlining orttirma nisbati.
-
U mashinaga hech kimni tegizmaydi. Mergan oʻn oʻqning hammasini nishonga tegizdi.
-
Otabek Kumushning manglayiga qoʻlini tegizdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. koʻchma Gapning mazmunini kimsaga qaratmoq, gap bilan kimsaga tanbeh, dashnom bermoq.
-
— Qoʻynidan toʻkilib, qoʻnjiga tushgan, — Oʻtar Boʻronbekka tegizib piching otdi. H. Gʻulom, Mashʼal
tegiz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gap tegizmoq
Kuragini (yoki yelkasini, yonboshini) yerga tegizmoq
-
Hech bir Xuroson pahlavoni hali uning [Muhammad Said pahlavonning] yonboshini yerga tegizgan emas. Gazetadan
Til tegizmoq
Qoʻl tegizmoq
TEGIZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЕГИЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tegiz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar